Amerikaning Google kompaniyasi foydalanuvchilar iltimosiga “labbay” deb javob berdi. U o‘zining ovozli yordam berish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Endilikda Google Assistant ovozli yordamchisi bilan Apple Music ilovaisni boshqarish imkoniyati paydo bo‘ldi. Kompaniya ovozli yordamchisining imkoniyatlari cheklangani xususidagi doimiy e'tirozlardan so‘ng, shunday qaror qabul qilgan.
Endilikda, ushbu yordamchi vositasida Apple ilovasida musiqalarni qidirish, ularni tinglash mumkin.