2017 yil sentabrda Rossiyada eng ko‘p miqdorda sotilgan smartfon iPhone SE bo‘ldi. Bu haqda Mobile Research Group yetakchi tahlilchisi Eldar Murtazinga iqtibos keltirgan holda "Vedomosti" nashri xabar bergan.
2017 yil boshidan ushbu segmentda yetakchilikni Samsung Galaxy J1 ushlab kelgan, biroq avgustda vaziyat o‘zgargan va Apple’ning gadjyeti birinchi pozitsiyaga chiqqan. Jumladan, sentabrda iPhone SE’dan 119 ming dona, Galaxy J1’dan esa 90 ming dona sotilgan.
Biroq Rossiya smartfonlar bozorining qamrab olinishi ko‘lami bo‘yicha AQSh korporatsiyasi Janubiy Koreya gigantidan ortda qolmoqda: 2017 yil sentabrida Apple’ning bozordagi ulushi 14 foizni, Samsung’niki esa 26,6 foizni tashkil qilgan.
Ma'lum qilinishicha, rossiyaliklar tomondan iPhone X smartfoniga talab katta bo‘lmoqda. "Svyaznoy" kompaniyasida ma'lum qilinishicha, mijozlarning 50 foizdan ko‘prog‘i ushbu smartfonning 256 gigabaytlik modeliga buyurtma berishgan.