Xitoy yuqori balandlikdagi josus-dronlarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Fan-texnika 18:57 / 31.10.2017 11645

Xitoy Ichki Mo‘g‘ulistonda 2017 yilning sentabrida mahalliy josus-dronni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi. Sinovlarda ikkita uchuvchisiz uchar qurilma ishtirok etgan. Ular kerakli balandlikka maxsus sharlar yordamida ko‘tarildi hamda shundan so‘ng faollashtirilgan, deb xabar bermoqda Firstpost.com

Dronlardan biri dengiz sathidan 9000 metr, ikkinchisi esa – 25 000 metrlik balandlikda faollashtirilgan. Uchar qurilmalar yuz kilometrdan ortiq masofani mustaqil ravishda uchib o‘tgan hamda parvoz haqidagi ma'lumotni yerga uzatib turgan. Dronlar ko‘rshapalak kabi hajmga ega bo‘lib, elektr magnit impulsi yordamida faollashtirilgan, u qurilmalar tezligini soatiga yuz kilometrga qadar kuchaytirgan. Dronlar kompozit materiallardan tayyorlangan va elektr magnit impulsi yordamida ishga tushirilishga moslangan.

Ishlab chiqaruvchilarning asosiy maqsadi – katta hududlar ustidan bir necha kun, oy yoki hattoki yillar davomida kuzatuv olib borish imkoniyatiga ega qurilmani yaratishdir. 

Shunisi e'tiborga loyiqki, uchuvchisiz uchar qurilmalar o‘z parvozlari vaqtida kichik hajmi tufayli radarlarda deyarli payqalmadi. Hajmlar va og‘irlikni kamaytirish uchun dronlar kamera hamda ma'lumotlar uzatish uchun maxsus antenna bilan jihozlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: