SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi Janubiy Koreya sun'iy yo‘ldoshi bilan birga muvaffaqiyatli uchirildi.
Raketaga 31 oktabr Toshkent vaqti bilan soat 00.34da Kanaveral burnidagi kosmodromdan start berildi.
Raketa orbitaga Janubiy Koreyaning Ktsat kompaniyasi uchun Koreasat 5A telekommunikatsion sun'iy yo‘ldoshini olib chiqdi. Sun'iy yo‘ldosh Thales Alenia Space fransuz-italyan kompaniyasi tomondan yaratilgan. Sun'iy yo‘ldosh televizion va internet-signalni uzatish hamda Yaqin Sharq, Hind okeani, Uzoq Sharq, jumladan Yaponiya va Janubiy Koreyadagi kemalar o‘rtasidagi aloqani ta'minlashga mo‘ljallangan.
Raketaning birinchi pog‘onasi startdan 3 daqiqa o‘tgach ajralib, Atlantika okeanidagi platformaga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan.