O‘zbekistonning Ravon avtomobil brendi Rossiyada ikkita yangi mahsulot – S sinfli sedan va V klassdagi shaharlarga mo‘ljallangan krossoverni taqdim etadi. Bu haqda «Avtostat» agentligi «Ravon Motors Rus» kompaniyasining matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisining vakillari B segmentining subkompakt krossoverlari uchun doimiy ravishda o‘sib borayotgan talab va Rossiya bozoridagi S-sinfning sezilarli ulushini qayd etdilar. Shu bilan birga, kompaniya bozorga jozibali modellarni taqdim etishi va ayni paytda Rossiya Federatsiyasida o‘z mavqeini kengaytirishi mumkin. Bu yilgi natijalarga ko‘ra, Ravon brendi sotuvlar hajmi 15 ming avtomobilga, 2018 yilda esa 30 ming avtomobilga qadar oshishini kutmoqda.
Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bilan RFda Ravon brendi ostida avtomobillar yig‘ishni tashkil etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. O‘z navbatida, Rossiya tomoni Sankt-Peterburgda General Motors’ning hozircha qurilishi to‘xtab qolgan maydonchasida mashinalar ishlab chiqarish variantini ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda.
Hozirgi vaqtda Ravon brendi Rossiyada to‘rtta modelga ega: Gentra, Nexia, R4 sedanlari va R2 hetchbeki. Barcha avtomobillar «GM O‘zbekiston» kompaniyasi zavodida ishlab chiqariladi.