Norvegiya bozorida elektromobillar ulushi 32 foizni tashkil qilmoqda

Fan-texnika 20:54 / 30.10.2017 7029

Norvegiya aholisi bor-yo‘g‘i 5 mln kishini tashkil qilishiga qaramay, u Xitoy va AQShdan keyin dunyoda gibrid mashinalar va elektrokarlar eng ko‘p sotiladigan uchinchi davlat hisoblanadi. Bu haqda Clean Technica xabar bermoqda.

EV Volumes’ning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yil boshidan sentabr oyi oxirigacha Norvegiyada 43700 eletromobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 29 foizga ko‘proqni tashkil qilgan, o‘tgan yil shu davrda 33900 dona elektromobil sotilgan. Sentyabr oyida esa eng ko‘p miqdorda – 6650 dona elektrokar sotilgan. Hammasi bo‘lib 3-chorakda elektrokarlar savdosi 41 foizga oshgan.

Norvegiyada elektromobillar va gibridlar avtomobillar bozorining 32 foizini tashkil qiladi, bu esa ushbu davlatni bu borada 1-o‘ringa olib chiqadi. Umuman olganda, bu borada 2-o‘rinni 8 foizlik ulush bilan Islandiya, 3-o‘rinni Shvetsiya (4 foiz), 4-o‘rinni Ukraina (3 foiz), 5-o‘rinni Belgiya (2 foiz) egallamoqda.  Xitoy va AQSh mos ravishda, 1,6 va 1,1 foizlik ko‘rsatkich bilan bu borada Norvegiyadan ancha ortda qolmoqda. 

2016 yilda Mitsubishi Outlander PHEV elektrokari eng ko‘p sotilgan va 2017 yilda vaziyat sezilarli o‘zgarmagan. 2019 yilda EV/PHEV (elektrokar/gibrid) mashinalar nisbati taxminan 30/70 ni tashkil qiladi. Tesla Model 3 ham bozorda katta ulushga ega bo‘ladi, vaholanki u 2019 yilgacha Yevropada ham paydo bo‘ladi.

Biroq Norvegiya 100 foiz elektr transportga o‘tishi-o‘tmasligi noma'lum. Muammolar ba'zi faoliyat turlari uchun tegishli elektrokarlar taklifi yo‘qligi va elektrokarlarga solinadigan soliq sababli yuzaga kelishi mumkin.

Norvegiyalik konservatorlar elektrokar uchun bir martalik soliq to‘lanishini taklif qilishmoqda, bu holda Tesla Model X 12 ming dollarga, Model S esa 5 ming dollarga qimmatlashishi mumkin. Bunday soliqlar esa xaridorlarning "toza" avtomobillarni sotib olishdan obdon o‘ylab ko‘rishlariga olib kelishi mumkin va shu sababli 2025 yilgacha to‘liq elektrokarlarga o‘tish qiyin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: