Ishbilarmon Ilon Mask Los-Anjyelesda tirbandliklar bilan kurashishga mo‘ljallangan tunnelning ilk fotosuratini ko‘rsatdi. Mask tomonidan tashkil etilgan Boring Company nafaqat yer osti yo‘lagini burg‘iladi, balki simlar tortib keldi hamda relslarni o‘rnatdi. Aynan shu relslar orqali avtomobillarga ega platformalar harakatlanadi. 3 km.dan ortiq masofaga ega bo‘lgan birinchi qism 2018 yilning boshida yakunlanadi.
Ilon Mask Boring Company tunnelining birinchi fotosuratini Twitter’dagi sahifasida e'lon qildi. Suratda o‘rnatilgan relslar, simlar va qoplamaga ega yer osti trekining bir qismi ko‘rsatilgan.
Maskning rejasiga ko‘ra, tunnellar tarmog‘i bo‘ylab elektr platformalar harakatlanadi, ular elektrmobillarni belgilangan yo‘nalish bo‘yicha 240 km/s.gacha tezlikda olib o‘tadi. Aynan shu elektrmodullar yordamida avtomobillar tunnelga tushiriladi va qaytib yerdagi trassaga olib chiqiladi.