Apple kompaniyasining ilk kompyuterlaridan biri Germaniyadagi kimoshdi savdosida 40 ming dollarga sotilishi kutilmoqda. Bu haqida DailySabah'da ma'lum qilindi.
Manbaga ko‘ra, kompaniya tomonidan 1983 yilda ishlab chiqarilgan Lisa-1 inqilobiy PK bo‘lgan. Bu siqonchali birinchi kompyuter hisoblanadi.
Apple hammuassislari Stiv Jobs va Stiv Voznyak tomonidan ishlab chiqilgan Lisa-1 oddiy matn o‘rniga belgilarni qo‘llagan birinsi PK bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, 35 yillik kompyuter bugungi kunga qadar saqlanib qolgan bir necha funksiyasini namoyish qildi.
Lisa-1 ishlab chiqarilgan vaqtda unda eng zamonaviy texnologiya qo‘llangan, uning dastlabki bahosi 10 ming dollarni tashkil qilgan, biroq bugun inflyatsiya sur'atlarini hisobga olib, uning bahosi 24 ming dollar bo‘ladi.
Dunyoda 100ta Lisa-1 personal kompyuteri qolgan.
Kimoshdi savdosi 11 noyabr kuni Kelnda bo‘lib o‘tadi.