SpaceX yaqin vaqt ichida internet tarqatuvchi ilk sun'iy yo‘ldoshlarini ishga tushiradi

Fan-texnika 17:20 / 29.10.2017 5588

SpaceX kompaniyasi yaqin oylar davomida ilk mayda aloqa  sun'iy yo‘ldoshlaridan iborat "yulduzlar turkumi"ni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Hoynahoy, bu 2018 yilning boshlariga to‘g‘ri kelsa kerak. Raqiblar ham bu borada bo‘sh kelishmayapti. Loyihalar 2027 yilga borib butun Yer hududini 100 foiz internet bilan qoplashni ta'minlaydi. Space News shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi. 

SpaceX'ning rejalari haqida kompaniya vitse-prezidenti Patritsiya Kuper AQSh Kongressining yer orbitasining kosmik chiqindi bilan ifloslanishiga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda so‘zlab berdi. Kichik sun'iy yo‘ldoshlarning ilk prototiplari yaqin bir necha oyda ishga tushiriladi, asosiy bosqich esa 2019 yilda boshlanadi. SpaceX atigi 5 yil ichida Ka- va Ku-diapazonli 4425 sun'iy yo‘ldoshni ishga tushirmoqchi. "Taxminan 2020-2021 yillarda 800 sun'iy yo‘ldoshni ishga tushirganimizdan so‘ng kosmik xizmatlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapmiz", - deydi Kuper.

SpaceX o‘z korxonalarida mustaqil ravishda kichik sun'iy yo‘ldoshlarni qurishni rejalashtirmoqda. Kompaniyada nisbatan pastroq orbitada joylashtiriluvchi V-diapazonli 7500 sun'iy yo‘ldoshdan iborat yana bir "yulduzlar turkumi"ni ishga tushirishning taxminiy sanalari aytilgani yo‘q.

Kuperning so‘zlariga ko‘ra, barcha sun'iy yo‘ldoshlar bir-biri bilan aloqa qila olishi uchun optik lazer qurilmalar bilan jihozlangan, AQShning istalgan nuqtasida bir vaqtning o‘zida 20dan ortiq apparat signal uzatib turadi. Internetga ulanish uchun foydalanuvchilarga terminal va antennani o‘z ichiga olgan maxsus uskuna kerak bo‘ladi. 

SpaceX'ning kichik telekommunikatsiyalar sun'iy yo‘ldoshlar bozoridagi raqibi OneWeb rahbari Greg Uayler ham yig‘ilishda ishtirok etgan. Uning korxonasi mazkur texnologiyalar bo‘yicha SpaceX'dan ko‘p yillar mobaynida shug‘ullanadi va 2019 yilga borib 900 apparatni ishga tushirishga tayyor, shunisi e'tiborga loyiqki, kompaniya prototiplarni emas, ishlovchi qurilmalarni yo‘lga qo‘yadi. 

"Ilk "yulduzlar turkumi" 500 Mbit/soniya internet tezligini ta'minlaydi, 2021 yilga mo‘ljallangan ikkinchi turkum esa 2,5 Gbit/soniya tezlikni qayd etadi, - deydi Uayler. - Biz 2025 yilga borib milliard foydalanuvchini, 2027 yilga borib esa butun Yer aholisini internet bilan ta'minlamoqchimiz. Buning uchun biz loyihaga 30 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltiramiz".

Biroq kongressmenlarni kosmik chiqindi muammosi tashvishga solayotgandi, minglab sun'iy yo‘ldoshlar osmonga chiqarilgandan so‘ng kosmik chiqindi yuzaga kelmay iloj yo‘q. 

NASA ma'lumotlariga ko‘ra, Yer orbitasida futbol to‘pi va undan katta hajmdagi 20 mingdan ortiq obekt mavjud. Yana 500 ming obekt bir santimetrdan ziyod diametrga ega. Shuningdek millionlab mayda zarrachalar ham bor. 

Ko‘proq yangiliklar: