Samsung eskirgan smartfonlarni qayta profillashtirish ustida ishlamoqda

Fan-texnika 21:40 / 29.10.2017 8424

Yaqinda San-Frantsiskoda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Samsung eski smartfonlardagi mayning uchun ferma va ko‘plab boshqa qiziqarli ilovalarni namoyish etdi. Yangicha yondashuv eski qurilmalarni qayta sotilishi uchun qismlarga ajratish emas, qayta profillashtirishni ko‘zda tutadi. Hi-Tech shu haqida xabar berdi. 

Foto:hi-tech.mail.ru

Jamoa 40ta eski Galaxy S5s'ni bitkoinlar mayningi uchun bir fermaga birlashtirdi, Galaxy Tab'ni noutbukka aylantirdi, shuningdek Galaxy S3'ni baliqlar solingan akvariumga xizmat ko‘rsatishga moslashtirdi va yuzdan taniy oluvchi eski smartfonni uyni qo‘riqlovchi tizim sifatida dasturlashtirdi. Ko‘rkam boyo‘g‘li paydo bo‘ldi. 

Foto:hi-tech.mail.ru

Samsung ma'lumotlariga ko‘ra, sakkiz Galaxy S5s standart stol PKiga nisbatan ancha energosamarali ishlashi mumkin, biroq bunday fermaning mayning samaradorligi hozircha u qadar rivojlangan emas. 

Foto:hi-tech.mail.ru

Ekspertlarning fikricha, eskirgan elektronikadan foydalanishdagi muammolar asosan dasturiy ta'minot (DT) bilan bog‘liq: eski DTni xavfsiz deb bo‘lmaydi va u yangi ilovalarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Shuning uchun savol tug‘iladi: agar sizning zamonaviy dasturiy ta'minotni qo‘llab-quvvatlay olmaydigan funksional apparat qismingiz bo‘lsa, uni qanday qilib ishlashga majbur qilish mumkin? Aftidan, Samsung buning yechimini topgan ko‘rinadi yoki hech bo‘lmaganda, bu borada faol izlanishda. 

Ko‘proq yangiliklar: