Xitoyning 3 tonnali AT200 yuk tashuvchi pilotsiz uchish moslamasi ilk parvozni amalga oshirdi

Fan-texnika 14:41 / 28.10.2017 8918

Xitoyning AT200 rusumli muqobil parvoz qurilmasi (MPQ) sinov parvozini amalga oshirdi. Qurilma Xitoy FA Issiqlik fizikasi instituti xodimlari tomonidan P750XL  Yangi Zelandiyaning P750XL samolyoti negizida ishlab chiqilgan. Konstruktsiyaga kiritilgan turli o‘zgarishlar natijasida uchuvchisiz uchar qurilma (UUQ) 3,4 tonnalik maksimal parvoz vazniga ega bo‘ldi. U sinov chog‘ida 200 metrda tezlashganidan so‘ng, 26 daqiqa mobaynida parvoz qilgan. 

Institut xodimlariga ko‘ra, AT200 — ayni vaqtda mavjud eng og‘ir UUQ hisoblanadi. U bortida 1,5 tonnaga foydali yuknii tashiy oladi. Samolyotning eng yuqori tezligi soatiga 313 kmni tashkil etib, 6 km balandlikda 2 kmgacha masofani ortda qoldira oladi. 

Hozircha, yangi UUQni seriyali ishlab chiqish muddati va uning narxi ma'lum qilinmagan. 

Foto: Sinxua
Foto: Sinxua
Ko‘proq yangiliklar: