Facebook reklama joylashtirish qoidalarini o‘zgartiradi

Fan-texnika 09:41 / 28.10.2017 4296

Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘zida reklama joylashtirishning, jumladan siyosiy reklamalar e'lon qilishning yangi qoidalarini joriy qiladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asosichisi Mark Tsukerberg o‘z sahifasida e'lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelasi yili ijtimoiy tarmoqda qaysi sahifa qanday reklamani ilgari surayotganini aniqlash imkoni paydo bo‘ladi. Foydalanuvchilar, shuningdek, reklama beruvchi kampaniya uchun qancha to‘lagani va reklama e'lonlari kimlarga qaratilganini ko‘ra oladi. 

«Siyosat olamidagi reklama beruvchilar shaxsiyatlarini tasdiqlash bo‘yicha ko‘proq ma'lumotlar taqdim etishi lozim bo‘ladi. Shundan so‘ng biz reklamaga siyosiy ekanini anglatuvchi tamg‘a qo‘yamiz. Ular esa moliyaviy manba kimligini oshkor qilishi talab etiladi», — deb yozgan Tsukerberg.

Bundan tashqari, Facebook mustaqil ravishda siyosiy reklamani topa oladigan bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: