Boeing «fazoviy taksi»si uchun raketa ishlab chiqishni boshladi

Fan-texnika 18:11 / 28.10.2017 4149

Amerikaning Boeing aerokosmik korporatsiyasi Atlas V raketasini yig‘ish ishlariga kirishdi. U fazogirlar va yuklarni CST-100 Starliner bortida Xalqaro fazo stansiyasiga olib chiqishga mo‘ljallangan. 

Hozirda, fazogirlar va yuklarni XFSga Rossiyaning «Soyuz» raketalari yetkazib bermoqda. Bu esa NASA agentligini jiddiy tashvishga solmoqda. Tashkilot barcha usullar vositasida bunday qaramlikka barham berishga urinmoqda. Shu boisdan ham Amerika fazo agentligi  «Commercial Crew» - «Tijorat ekipaji» dasturini ishga tushirdi. Unda SpaceX va Boeing kompaniyalari ishtirok etmoqda. Ularning ikkisi ham fazoviy parvozlar hamda XFSga ulana oladigan raketalar ustida ishlamoqda. 

Ammo Atlas V raketasi yig‘ilishi boshlangan bo‘lsa, yo‘lovchi moduli ancha kechikmoqda. CST-100 Starliner qurilmasining ilk parvozi 2018 yil oxiriga belgilangan edi, biroq uning uchirilishi kamida bir necha oyga kechikadigan ko‘rinadi. SpaceX kompaniyasining Dragon 2 raketasi bilan ham vaziyat unchalik havas qilgudek emas. 

Ko‘proq yangiliklar: