Twitter kompaniyasi 2017 yilning to‘rtinchi choragida birinchi marta sof foyda olishi mumkinligini ma'lum qildi. Mikrobloglar servisi egasi uchinchi chorakni 21 million dollar kamomad bilan tugalladi, bu 2016 yilning xuddi shu vaqtiga nisbatan 79 ofizga kam, deyiladi Twitter hisobotida.
Twitter 2006 yilda asos solingan vaqtdan buyon chorak hisobotini biror marta foyda bilan yopmagan. Servis xarajatlarni qisqartirish va boshqa kompaniyalarga ma'lumotlarni sotishga doir shartnomalarini oshirish hisobiga foydaga chiqishni rejalashtirmoqda.
Twitter'ning iyul-sentabr oylari uchun daromadi 4 foizga qisqardi va 590 million dollarni tashkil qildi. Thomson Reuters tahlilchilari bu ko‘rsatkich 587 million dollar darajasida bo‘lishini kutishayotgandi. Daromadning asosiy manbai avvalgidek reklama bo‘lib qolmoqda, u Twitter'ga 503 million dollar keltirdi (yillik hisobda 8 foizga kam). Kompaniya ma'lumotlarni litsenziyalash va boshqa manbalarda 87 million dollar ishlab oldi, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 22 foizga ko‘pdir.
Ta'kidlash joizki, uchinchi chorakda Twitter auditoriyasi 4 millionga oshdi va 330 million foydalanuvchiga yetdi.
26 oktabr kuni Nyu-York birjasidagi savdolar davomida Twitter aksiyalari 14 foizdan ortiqqa qimmatlashdi. Qimmatli qog‘ozlar narxi uch karra makismumga - 19,76 dollarga yetdi.