Turin politexnika o‘quvchilari chim o‘radigan robot ixtiro qilishdi

Fan-texnika 18:30 / 27.10.2017 11978

Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat guruh yarim avtonom holatda ishlaydigan robot yaratdi. Bu robot chim o‘rishga mo‘ljallangan.

Mulohaza.uz xabarida aytilishicha, avtorobotga litiy-ion akkumlyatori o‘rnatilgan va u ikki soat davomida chimni o‘rish ishlarini bajaradi. Bundan tashqari robotni android telefoningizga ulangan dastur orqali boshqarish mumkin bo‘ladi.

– Robot muayyan belgilangan hududda tozalash ishlarini olib boradi – deydi universitet ilmiy xodimi Davron Hamidov – o‘rilgan chim maxsus qopchaga yig‘iladi va to‘lgach robotning o‘zi uni avtomatik ravishda bo‘shatib, o‘rish ishlarini davom ettiradi.

Ko‘proq yangiliklar: