Lexus flagman sedanini ilk bor bo‘lib o‘tgan Tokio avtosalonida namoyish etdi. Jozibali Lexus LS+ 2020 yilda seriyali ishlab chiqariluvchi avtomobillarga o‘rnatiladigan avtomatlashtirilgan boshqaruvning alohida tizimi bilan to‘planganlarni rom etdi, deb yozadi Trendymen.ru
Yangi avtomashina Highway Teammate nomini oldi. Ko‘proq haqiqiy sun'iy idrokka o‘xshaydigan avtopilot haydovchi polosalarni almashtirib oqimga qo‘shilishga ko‘p kuch sarflamaslik uchun faqat tezyurar shosselarda ishga tushadi. Boz ustiga, Highway Teammate yo‘ldagi vaziyatdan kelib chiqib, o‘zi harakatlari algoritmini tuzadi.
Sedanning bortidagi barcha tizimlar mashina o‘quvi algoritmidan foydalanuvchi sun'iy idrokka bog‘langan. Sun'iy idrok ulkan ma'lumotlar hajmini qayta ishlaydi, demak, trassaga har chiqishida takomillashib boraveradi. Nazarda tutilishicha, Lexus LS+ yo‘ldagi tirbandliklar yoki avtohalokatlar haqida ma'lumot olish uchun boshqa avtomobillar bilan muloqotga kirishadi.
Kompaniya LS+ modelini 2020 yil oxirigacha seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Shu yilning so‘ngiga qadar joriy yilning yanvarida Detroyt avtosalonida debyut qilgan Lexus LS’ning kichik modelini buyurtma qilish mumkin.