Consumer Repors yilning eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillar reytingini e'lon qildi

Jahon 12:38 / 20.11.2021 9800

Amerikaning mashhur Consumer Repors jurnali eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillarning navbatdagi reytingini e'lon qildi. Reyting jurnal klubiga a'zo bo‘lgan avtomobil egalarining so‘nggi 12 oy ichida muayyan modellar bo‘yicha tajribalari, duch kelgan muammolar va umumiy qulayliklar haqidagi fikr-mulohazalari asosida tuzilgan.

Navbatdagi reytingda o‘ntalikdan to‘qqiztasini Yaponiya va Koreya brendlari — Toyota, Lexus, Mazda, Honda, Subaru, Kia avtomobillari egallagan. Reytingning eng yuqori pog‘onasida Lexus GX yo‘ltanlamasi.

Birinchi o‘ntalikda Yevropa avtomobil brendlarining bitta ham modeli yo‘q, Amerika modellaridan esa faqat bittasi — Cadillac XT5 krossoveri joy olgan.

Reytingning eng quyi qismida Mercedes-Benz GLE krossoveri joylashgan. Shuningdek, so‘nggi o‘nlikdan Ford Explorer, Ford Mustang, Chevrolet Corvette, Volvo XC 90, Volkswagen Tiguan, Tesla Model Y modellari ham o‘rin olgan.

Ko‘proq yangiliklar: