Kanadada yong‘in vaqtida 40 ta noyob mashina yonib kulga aylandi

Fan-texnika 20:00 / 27.10.2017 7081

Kanadada yong‘in 40 ta noyob avtomobil, jumladan pikap, sportkar va superkarlardan iborat kolleksiyaning kulini ko‘kka sovurdi. Ushbu kolleksiya Garri va Darlin Kessidiga tegishli bo‘lgan. Ko‘rilgan ziyon 2,3 mln Kanada dollarini (1,8 mln AQSh dollari) tashkil qildi. Bu haqda Driving nashri xabar bermoqda.

Yong‘in Britaniya Kolumbiyasi viloyatidagi Lengli shahrida yuz bergan. Kessidi avtomobillar uchun qurgan bino yonib ketgan. Uning maydoni 790 kvadrat metrni tashkil qilgan. 

Foto: motor.ru

O‘t o‘chiruvchilar yong‘in boshlangandan 45 daqiqa o‘tib kelishgan. Avtomobillar va binoni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Garri Kessidining aytishicha, avtomobillar va bino sug‘urta qilingan bo‘lgan. Uning ta'kidlashicha, u oxirgi 30 yil to‘plagan bu kolleksiyada noyob avtomobillar bo‘lgan va ularning o‘rnini to‘ldirishning iloji yo‘q. 

Garri Kessidi logistik xizmatlar ko‘rsatuvchi Legend Tank Lines Ltd. kompaniyasi prezidenti hisoblanadi.  

Ko‘proq yangiliklar: