Xitoyning Xebey viloyatidagi Tanshan okrugida vodorod yoqilg‘ida ishlaydigan dunyodagi birinchi tramvay foydalanishga topshirildi.
Xitoyning CRRC korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tramvay alohida «tozalik» bilan ajralib turadi: atmosferaga hech qanday zararli moddalar chiqarmaydi hamda azot oksididan xoli, sababi vodorod yoqilg‘i qutichalari ichidagi reaksiya harorati Tselsiy bo‘yicha 100 darajadan oshmaydi.
Sostavning maksimal tezligi – 70 km/s. Tramvay yoqilg‘i qutichalari 40 km. yo‘lni yurishga yetadi, ularni to‘ldirish esa 15 daqiqani talab qiladi.
Vodorod tramvayi Xitoydagi eng qadimiy temir yo‘l liniyalaridan birida foydalanishga topshirildi hamda Tanshan sanoat hududlarini o‘zaro bog‘laydi. Shu bilan birga, liniyani o‘zgartirish va yo‘lovchi platformalarini unga moslashtirish talab etilmaydi – vagon poli va relslar o‘rtasidagi masofa 35 sm.ni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda China Daily.