Yaponiyaliklar dunyodagi eng barqaror mototsiklni namoyish qilishdi

Fan-texnika 23:31 / 27.10.2017 13378

Yaponiyaning Yamaha kompaniyasi uch g‘ildirakli Niken mototsiklini namoyish qildi. Motosiklning videotaqdimoti kompaniyaning Yevropadagi bo‘limining YouTube’dagi kanalida joylashtirilgan.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, bu mototsikl dunyodagi eng barqaror mototsikl hisoblanadi. Trisiklning o‘ziga xos jihati diametri 15 dyuymli ikkita old g‘ildiragi hisoblanadi. Motosikl taqdimoti Tokio avtosalonida bo‘lib o‘tgan. Uning texnik tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Kompaniya avtosalonda shuningdek sun'iy ong yordamida boshqariluvchi Motoroid elektr mototsikli kontseptini namoyish qildi.

45-sonli Tokio xalqaro avtosaloni 27 oktabrdan 5 noyabrgacha davom etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: