Amazon rahbari Jyeff Bezos va Google hammuassislari Larri Peydj hamda Sergey Brin kompaniya hisobotlari chop etilgandan so‘ng 8,6 milliard dollarga boyishdi.
Jyeff Bezos o‘z moliyaviy ahvolini 6,24 milliard dollarga oshirdi, bu uni dunyoning eng badavlat kishisiga aylantirishi mumkin, deb yozadi CNBC. Peyj 1,2 milliard dollarga boyidi, Brin esa - 1,15 milliard dollarga.
Tadbirkorlarning moliyaviy ahvoli Amazon va Google kompaniyalarining hisoboti chop etilgandan keyin oshgan. Ta'kidlash joizki, hisobotlar tahlilchilar kutiganidan-da a'lo natija ko‘rsatgan.