Samsung kompaniyasi taxtlama smartfon ustida ishlamoqda va 2018 yil davomida uni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishga harakat qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Galaxy X atrofidagi vaziyatga izoh beruvchi yangi patent buyurtma tarqaldi. Ma'lum bo‘lishicha, bu - 90-yillarning eski-qadrdon taxtlamasi, faqat uning ekrani - moslashuvchan. Hi-Tech shu haqida ma'lum qildi.
Afsuski, tarmoqda paydo bo‘lgan sxematik tasvirlar qurilmaning faqat orqa tomonini aks ettirgan. Biroq taxminlarga ko‘ra, u ikkiga ajraluvchi 18:9 o‘lchamli yagona "uzun" ekranga ega bo‘ladi.
Ekranning ikki asosiy elementi orasidagi sharnir mexanizm smartfon ochilganda bitta uzun ekranga aylantirish mumkin bo‘lgan murakkab texnologiya bo‘lishi mumkin. Bu kompaniyaga Galaxy X'ni haqiqatda katta ekranli qilib ishlash imkonini beradi, shunisi diqqatga sazovorki, qurilma cho‘ntakda u qadar ko‘p joy olmaydi.
Shu bilan birga, bundan avval Galaxy X dizayni kitobga o‘xshash bo‘ladi degan gap-so‘zlar ham oralagandi. Biroq bu Samsung Galaxy X'ning yakuniy dizayni bo‘ladimi yoki yo‘q - hozircha noma'lum. Biz ko‘plab turli variantlarni ko‘rdik va hozircha ishlab chiqaruvchi ularning qay birini tanlashi noma'lum.
Bir yilcha ilgari Samsung mobil bo‘limining prezidenti Jonjin Ko Galaxy X ishlab chiqarish jarayonida ekanini tasdiqlagandi. Kompaniya dastlab faqat Janubiy Koreya aholisi uchun cheklangan miqdordagi smartfonlarni ishlab chiqarishi kutilmoqda.