Huawei «International House» litseyiga «Smart Class» sovg‘a qildi

Fan-texnika 19:10 / 26.10.2017 9089

Telekommunikatsion va AKT yechimlari bo‘yicha dunyoda yetakchilar qatorida bo‘lmish “Huawei Tech Investment Tashkent” XK MChJ kompaniyasi  («Huawei» brendi) shuningdek, mobil qurilmalar yaratishda ham o‘z brendini faol ilgari surib kelmoqda. Bundan tashqari, innovatsion qarashlarga tayangan holda, kompaniya ta'lim, tibbiyot, transport xizmatlari va jamoat xavfsizligi sohalarida yechimlar taklif etmoqda. Kompaniyaning O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli loyihalaridan biri (2012-2014 yillar) «Elektron ta'lim» (e-Learning) bo‘lib, u O‘zbekistonning ko‘plab o‘quv yurtlarida tatbiq etilgandi.

«Smart Class» yechimi kompaniya uchun yangi yo‘nalish bo‘lib, uning yordamida o‘quvchilar interfaol rejimda o‘qituvchi bilan ulanishi va ham umumiy, ham individual vazifalar olishi mumkin. Bundan tashqari, sinf video-konferensiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilarida chet ellik ma'ruzachilar va mutaxassislar bilan masofadan turib tajriba almashish imkoniyatini beradi. Kelgusida litsey rahbariyati ushbu yechimning texnologik imkoniyatlaridan foydalangan holda on-layn video-darslar tashkil etishni rejalashtirmoqda. Ta'kidlash zarurki,  “aqlli podium” va “aqlli doska” kabi yechimlarga ega ushbu «Smart Class»ning muqobili Markaziy Osiyoda yo‘q.

Foto: Huawei 

Loyihaning asosiy maqsadi – ta'lim muassasalariga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va o‘quv jarayonini yanada takomillashtirishdan iborat. “Aqlli yechimlar”ning  mualliflari bilimlarning yagona elektron bazasini yaratishni taklif qilishyapti. Axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda u O‘zbekistonning barcha hududlarida ishlaydi va mamlakat ta'lim tizimini yanada yuqori darajada rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Foto: Huawei 

“Huawei kompaniyasi ta'lim tizimini global ko‘lamda rivojlantirish bo‘yicha katta tajribaga ega va dunyoning 150 dan ziyod universiteti bilan hamkorlik qiladi. Xususan, O‘zbekistonda  Huawei 164 ta obektda, shu jumladan OO‘Yularning 1000Mb (Gigabit Ethernet) tezlikda magistral tarmog‘iga ulangan  yirik fakultetlari va ularning filiallarida «Elektron ta'lim» (Ye-Learning) birlashgan yagona tarmog‘i tashabbusi bilan chiqqan.  Ushbu tajriba bizga mijozlar talabini yaxshiroq tushunishga va ta'lim sifati samaradorligini va yosh iqtidorlarni o‘qitish darajasini oshirish uchun kommunikatsion uskunalarni takomillashtirishga yordam berdi”, - deydi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori  Van Pen. 

Foto: Huawei 

Aytish joizki, «smart» texnologiyalari asosida Huawei kompaniyasi 2016 yilda TATU qoshida HAINA avtorizatsiyalangan akademiyasini ochgan, har yili telekommunikatsiyalar bozori talabidan kelib chiqqan holda, uni 200 dan ortiq mutaxassislar bitirib chiqishi rejalashtirilmoqda. Mazkur yilning boshida kompaniya tomonidan xitoy tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 59-sonli o‘rta ta'lim maktabiga ilk «Smart Class» sovg‘a qilingandi. Navbatdagi  «Aqlli Sinf»ni  Huawei “International House” litseyida o‘rnatmoqda.

«Ushbu «Smart sinfni» litseyimizga berilishi biz uchun katta mas'uliyat. Maqsadimiz kelajak avlodga, litseyimizning yosh iste'dodlariga eng yangi texnologiyalar yordamida yanada ko‘proq yutuqlarga erishish va o‘z bilimlarini jahon standartlari darajasida rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatishdan iborat. Biz Huawei kompaniyasining eng zamonaviy texnologiyalari ko‘magida ta'limning transparent tizimini kiritish va ma'lumotlar bazasini yaratishni ko‘zda tutmoqdamiz. Shunda litseyning har bir o‘quvchisi uzoqdan turib yoki tarmoq ichida litseyning akademik taqvimiga kiritilgan u yoki bu fanni chuqurroq o‘rganishi mumkin.  Bundan tashqari video-konferensiya tizimi yordamida biz xalqaro miqyosga chiqishni hamda o‘quvchilarimizga masofadan ta'lim berish uchun chet ellik ma'ruzachilar va mutaxassislarni taklif etish niyatidamiz”, - dedi International House litseyining direktori Alisher Tillayev.

Foto: Huawei 

Huawei'ning  «Smart Class»i bu o‘ziga xos platforma bo‘lib, «Zenitar» mahalliy kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan zamonaviy texnologiyalarning yagona kompleks tizimga birlashtirilganidir.  Ushbu sinov loyihasi  International House litseyida muvaffaqiyatli ishga tushirilsa, kelajakda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim va Xalq ta'limi vazirliklari ko‘magida «Smart Class» konsepsiyasini butun O‘zbekiston bo‘ylab keng ko‘lamda ishga tushirishni muhokama qilish rejalashtirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: