Daimler o‘z yangiligi bilan Tesla’ni ortda qoldirdi

Foto: Daimler
Mercedes-Benz brendiga egalik qiluvchi Daimler AG’ning yapon bo‘linmasi - Mitsubishi Fuso Truck and Bus Corporation (MFTBC) kompaniyasi chorshanba, 25 oktabr kuni Tokyo Motor Show avtosaloni doirasida dunyodagi birinchi og‘ir elektr yuk mashinasi kontseptini taqdim etdi.
Mashina E-Fuso Vision One nomini oldi. 23 tonnalik elektr yuk mashinasining bir zaryadda yurish masofasi 350 km.ga yetadi. Ta'kidlanishicha, uning yuk ko‘tarish imkoniyati taxminan 11 tonnani tashkil qiladi.
Shu tariqa, Daimler 26 oktabr kuni Semi elektr yuk mashinasini taqdim etishni rejalashtirgan, biroq Model 3 bilan bog‘liq muammolar tufayli taqdimotni 16 noyabrga qoldirgan Tesla’ni ortda qoldirdi. Ilon Maskning kompaniyasi taxminicha, yangi mashina yurish zaxirasi 320-480 km.ni tashkil qiladi.
E-FUSO Vision One’ning seriyali ishlab chiqarilishi to‘rt yil davomida boshlanishi lozim. Daimler Yaponiya, AQSh va Yevropa bozorlariga kirishni mo‘ljallagan.
Mavzuga oid

22:28 / 09.03.2025
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi

12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi

18:04 / 26.02.2025
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan tushib ketdi

22:50 / 21.02.2025