Amazon uy egalari yo‘g‘ida ham tovarlarni yetkazib berish servisini ishga tushirdi

Fan-texnika 14:40 / 26.10.2017 5299

Amazon kompaniyasi uy egalari yo‘g‘ida ham xaridlarni yetkazib bera oluvchi servisni ishga tushirdi. Yangi texnologiya Amazon Key nomini olgan. Ushbu funksiya 8 noyabrdan AQShning 37 shahrida ishga tushiriladi. 

Yangi servis oldindan o‘rnatiladigan "aqlli qulf" va kamerani o‘z ichiga oladi, bular maxsus Amazon Key dasturiy ta'minoti bilan birga kvartiraga do‘kon kurerini kirgizadi va uning ichkarida harakatlanishini kuzatadi. Servis hozircha faqat Amazon'ning premium klubi a'zolari uchun  xizmat ko‘rsatadi, narxi - 249,99 dollar.

Oktyabr oyi boshida Amazon tovar yetkazib berishga doir yangi tizimni sinovdan o‘tkazayotgani haqida ma'lum qilgandi. Onlayn-riteyler xaridlar yo‘lini - omborlardan to xaridorning uyigacha to‘liq nazorat qilishi aytilgandi. Bugungi kunda do‘kon mijozlariga jo‘natmalarning aksariyati United Parcel Service (UPS) va FedEx tomonidan yetkaziladi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: