Al-Qudsdagi Yahudiy universiteti olimlari oqsil, uglevod va yog‘lar hamda nanosellyulozani diabetiklar, sportchilar va vegetarianlar uchun xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlariga aylantiruvchi 3D-printerni yaratishdi.
Olimlar Odeda Shoseyova va Ido Braslavski yaratgan printer hozircha faqatgina xamirni bosishni biladi, biroq turfa xil yeguliklarni bosish salohiyatiga ega.
Bunday bosma uchun olimlar kaloriyalarni saqlamaydigan natural tola – nanosellyulozani yaratishdi. Ular bu moddani bir necha yil davomida o‘rganib, insonning ovqat hazm qilish trakti uni hazm qila olishi haqidagi xulosaga kelishgan. Olimlar bu moddani oqsil, uglevod, yog‘lar, antioksidantlar va vitaminlar bo‘lgan kartrijlarda aralashtirishmoqchi.
Bu 3D-printerlar kartrij ichidagi masalliqlarni infraqizil lazer bilan qizdirib va unga kompyuter dasturi tomondan tanlangan oziq-ovqat xom ashyosi shaklini beradi. Harorat ta'sirida nanosellyuloza kartrijdagi masalliqlar bilan birlashadi, lazer bilan ishlov berish bosilgan taomga pishgan, qovurilgan yoki grilda tayyorlangandek ko‘rinish beradi. Olimlarning fikricha, iste'molchilar bunday ko‘rinishdagi taom bilan sintetik taom tanovul qilishayotgani fikriga osonroq ko‘nikadilar.
Olimlar shu tariqa oziq-ovqat 3D-texnologiyasidagi "Taomni bosishning o‘zi nima keragi bor?" degan bosh savolga javob bera oldilar. Ularning fikricha, bunday taomlar qat'iy parhezga rioya qiluvchilar: vegetarianlar, diabetiklar, sportchilar, allergiyaga moyil bo‘lganlar, xullas nima yeyayotganiga juda e'tiborli bo‘lishi kerak bo‘lgan barcha uchun kerakdir.
Ixtiro mualliflari yeguliklarni printerlarda bosish jarayonini tijoratlashtirish imkoniyatini sarmoyachilar bilan muhokama qilmoqdalar. Agar hammasi risoladagidek ketsa, bunday 3D-printerlar umumiy ovqatlanish joylarida 2 yil ichida, xonadonlar oshxonalarida esa 5 yildan keyin paydo bo‘ladi.
"Hammasi bittada" yangi konsepsiyasini Soylent kompaniyasi ilgari surmoqda. Kompaniyaning ta'kidlashicha, u ishlab chiqaradigan eruvchi kukunda inson uchun barcha zarur ozuqa moddalari bor.