Video: Futbol tarixidagi eng dramatik penalti

21 oktabr kuni Tailanddagi Patxumtxani provinsiyasida «Bangkok Sports Klab» va «Satri Angtxong» jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi va jamoalar penaltilar seriyasida g‘olibni aniqlashga kirishishdi.
Seriyada uzoq vaqtgacha g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmadi (hisob 19-19 ko‘rinishigacha yetdi), yigirmanchi zarbani yo‘llagan «Bangkok Sports Klab» futbolchisi darvoza to‘sinini nishonga oldi. Shundan so‘ng «Satri Angtxong» darvozaboni g‘alabani nishonlash uchun maydon markaziga qarab chopdi.
Ammo to‘sindan qaytib, yuqoriga uchgan to‘p pastga tushgach, cho‘pchib yana darvoza tomon qaytdi va to‘rga tushdi.
Navbatda turgan «Satri Angtxong» futbolchisi esa xato qildi va «Bangkok Sports Klab» 20:19 hisobida g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid

21:18 / 06.03.2025
O‘zbekiston yosh xokkeychilari jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

22:32 / 27.02.2025
Tailand hukumati mamlakatga keluvchi barcha sayyohlar uchun soliq joriy etadi

20:27 / 24.02.2025
Tailandda og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

15:40 / 12.02.2025