BAAda sun'iy intellekt vaziri lavozimi joriy qilindi

Fan-texnika 18:24 / 23.10.2017 4175

Birlashgan Arab Amirliklarida dunyoda birinchi marta sun'iy intellekt (SI) vaziri tayinlandi. 27 yoshli Umar Olamiyning vazifalariga Amirlikni SIga eng yaxshi tayyorlangan mamlakatga aylantirish kiradi. Govinsider shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi

Ushbu lavozimni joriy qilish va unga Olamiyni tayinlash haqida BAA bosh vaziri Muhammad Maktum ma'lum qildi. "Biz BAAning SIga eng tayyor mamlakat bo‘lishini istaymiz", - dedi u. Bosh vazir shuningdek SI mavjud kasblarning yarmini keraksizga chiqarishini ta'kidladi, aholi buni hozirning o‘zidanoq inobatga olishi kerak. U SI davrida keraksizlikni his qilmaslik uchun hozirda fuqarolar uchun zarur ko‘nikmalarning yangi portfeli ishlab chiqilayotganini aytdi. Fuqarolarni tayyorlash va o‘rgatish jarayonida asosiy urg‘u mazkur portfel ko‘nikmalariga qaratiladi. 

BAA sun'iy intellektni keng targ‘ib qilishni maqsad qilgan. Bundan avval mamlakatda maxsus strategiya qabul qilinib, u davlat boshqaruvining barcha sohalarida tegishli texnologiyalarni tadbiq qilishni ko‘zda tutadi. Shu tariqa, sun'iy intellekt davlat servislari ishining samaradorligi va tezligini oshirishda keng qo‘llaniladi. 

Ko‘proq yangiliklar: