AQSh oziq-ovqat va tibbiy mahsulotlar sifatini sanitar nazorat qiluvchi boshqarmasi (FDA) 5 daqiqada allergiyaga test o‘tkazuvchi abioSCOPE uskunasidan foydalanishni tasdiqladi.
Uskuna Lozannadagi Shveytsariya federal texnologiyalar instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. AbioSCOPE uskunasini ishlab chiqishga 7 yil ketdi. Tadqiqotchilar uni "dunyodagi eng tezkor allergiya testi" deb atashmoqda. Olimlar qurilma bilan birga undan foydalanish platformasini ham ishlab chiqishdi, testlar uchun bir martalik kapsulalar ham shular jumlasidandir.
AbioScope qonni reagent bilan aralashtiradi. Shundan so‘ng aralashmani DVD-diskka o‘xshash plataga joylanadi va qurilma murakkab molekulyar manipulyatsiyalarini o‘tkazadi. Ilk natijalar test boshlangandan 5 daqiqa keyin ekranda paydo bo‘ladi, to‘liq natijalar esa - yana 3 daqiqadan so‘ng.
Hozircha abioSSOPE allergiyaning faqat to‘rt turi bilan ishlay oladi: it va mushuklarga, o‘tlar va daraxtlar ajralmalariga. Unda allergiyani aniqlash uchun bir tomchi qonning o‘zi yetarli.
FDA tasdig‘idan o‘tgandan so‘ng, 2018 yildan AQShda abioSCOPE'dan foydalanish boshlanishi mumkin.