iPhone X hali sotuvga ham chiqarilgani yo‘q, ammo Xitoyda smartfonning nusxasi chiqarib bo‘lindi. Bu qurilma Android’da ishlaydi va birdaniga to‘rtta kameraga ega.
Apple kompaniyasi 12 sentabr kuni yubiley, o‘ninchi iPhone smartfoni – X’ni taqdim etdi. Apple smartfoni so‘nggi bir necha yil davomida ko‘plab o‘zgarishlarga uchradi – kichik ramkalar, Face ID yuz skaneri, OLED-displey va hokazo. Yangi qurilma avvalgilaridan qimmatroq ham turadi. Xitoy kompaniyalari esa iPhone X’ga o‘z javoblarini tayyorlab qo‘yishdi.
Xitoyning Hotwav kompaniyasi iPhone X nusxasini taqdim etdi, smartfon Symbol S3 deb nomlandi. Kompaniyada Apple smartfonining birdaniga ikkita nusxasi bo‘ladi – oddiy displeyli va kameralar hamda dinamik uchun maxsus qismli.
Hotwav Symbol S3’ning orqasida shisha bor bo‘lib, oq va qora rangli korpusga ega. Hattoki ikkilamchi kameraning vertikal joylashgan moduli ham qaytarilgan, biroq nusxada u biroz yomonroq – 12 hamda 2 Mp. Smartfonning oldida ham 16 va 2 Mp kenglikka ega ikkita kamera bor. Aftidan ikkinchi frontal kamera yuzni skanerdan o‘tkazuvchi Face ID sensorining o‘rnida paydo bo‘lgan.
Xitoydagi iPhone X iOS 11’da emas, balki Android’da ishlaydi. Twitter foydalanuvchisi Aleks Teylorning (@adntaylor) yozishicha, iPhone’ning bunday nusxasi atigi 80 dollar turadi. Bu haqiqiy iPhone X’dan 16 martaga arzon.
iPhone X nusxasining o‘ziga xos jihatlari:
• Displey: 1440x720 piksel kenglikka ega 6 dyuym;
• Protsessor: MediaTek MT6739;
• Xotira: 2 GB operativ va 16 GB doimiy;
• Kamera: 12+2 Mp asosiy va 16+2 Mp frontal;
• Akkumulyator: 2900 mAs;
• Tizim: Android 8.0 Oreo.