Google korporatsiyasi xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar va xakerlarga Google Play Store rasmiy do‘konida taqdim etilgan Android uchun mobil ilovalarni buzib kirish hamda kamchiliklarini aniqlashni taklif qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Nafaqat topilgan, balki to‘g‘irlangan har bir kamchilik uchun kompaniya ming AQSh dollaridan boshlanuvchi mukofot puli to‘lashga tayyor. Shu tariqa kompaniya o‘z katalogi «raqamli xavflar chiqindixonasi»ga aylangani bo‘yicha bildirilgan ayblovlarga reaksiya bildirdi.
Google’dan ta'kidlashlaricha, ularning mutaxassislar muammoni standart uslublar: avtomatika va kompaniya kadr resurslaridan foydalanish yordamida hal qilishni uddalay olishmadi. Shuning uchun ular Play Security Reward Program rag‘batlantirish tizimini tatbiq etishga qaror qilishgan. Kelajakda loyiha Google Play Store’ni ancha «tozaroq» va xavfsizroq qilishi kerak. Pul mukofoti esa katalog mahsulotlari orasida viruslar, xatolar va soxta ilovalarni topuvchi xakerlarga hamkorlik uchun o‘ziga xos turtki beradi.
Katalogni sog‘lomlashtirish loyihasida ham Google’ning o‘ziga tegishli dasturlar, ham boshqa kompaniyalar ilovalari ishtirok etadi. Hozircha Play Security Reward Program’ga 13 ta mashhur ilovaning sakkizta ishlab chiqaruvchisi birlashdi, ular orasdia Tinder, Mail.ru, Snapchat, Dropbox, Alibaba, Duolingo hamda Line bor.