2017 yilning eng ishonchli avtomobil brendlari ma'lum qilindi

Fan-texnika 09:03 / 21.10.2017 23163

AQShning Consumer Reports nashri o‘tkazgan taddqiqot natijalariga ko‘ra, joriy yilning eng ishonchli avtomobil brendlari Yaponiyaning Toyota va Lexus markalari bo‘ldi. Nashr o‘tkazgan so‘rovnomada ishtirok etgan haydovchilarning aksariyati Toyota GT86 modelini eng ishonchli avtomobil deb topishdi. Shu bilan birga Toyota’ning eng kam ishonch bildirilgan modeli Toyota Tacoma pikapi bo‘ldi.

Ta'kidlash joizki, reytingdan 27 ta brend o‘rin olgan. 2-o‘rinni Lexus egalladi. Uning 4 eshikli ES modeli eng ishonchli deb topildi. Eng ko‘p tanqidlar Lexus GX modeli borasida bildirildi. 

3-o‘rinni Janubiy Koreyaning Kia markasi egalladi. Bu kompaniya reytingda o‘z pozitsiyasini 2 pog‘onaga yaxshilay oldi. Bu natijaga Kia Niro modeli evaziga erishilgan. Yuqori beshtalikdan shuningdek Germaniyaning Audi va BMW markalari o‘rin olgan.

Ko‘proq yangiliklar: