Paxta terimini tashkillashtira olmagani uchun iste'foga chiqarilgan hokim o‘rniga yangisi tayinlandi
Xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi.
Endilikda tumanga shu vaqtgacha «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Azimjon Abdimutalovich Vahobov yangi rahbar bo‘lgan. Viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiya davomida tasdiqlangan.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov ishtirok etgan va so‘zga chiqqan.
Tumanga 2016 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Nazirjon Yunusaliyevich Hayitaliyev o‘tgan haftada, 14 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishda paxta terimini tashkillashtira olmagani tufayli lavozimdan ozod etilgandi.
Mavzuga oid

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

18:37 / 25.02.2025
Namanganda Lacetti 11 yoshli qizni urib yubordi

10:26 / 10.01.2025
Pop tumani FVB boshlig‘i tezkor tadbirda 160 ming dollar bilan qo‘lga olindi

10:06 / 24.11.2024