Xitoy YaIM (yalpi ichki mahsuloti) 2017 yil uchinchi choragida o‘tgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda 6,8 foizga o‘sdi. Bu haqda Reuters agentligi rasmiy ma'lumotlarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, tahlilchilar ham deyarli shunday natijani kutishgan. O‘tgan yilning shu choragida bu raqam 6,9 foizni tashkil etgan.
Xitoy hukumati esa, yil yakuniga kelib YaIM o‘sishi o‘tgan yilgi 6,7 foizga nisbatan pasayib, 6,5 foizni tashkil etishini kutmoqda.