Amerika moliya vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlarining boshqa davlatlardan olgan moliyaviy majburiyatlariga doir ma'lumotlarni e'lon qildi. Unda AQShning qaysi davlatdan qancha miqdorda qarz ekaniga oydinlik kiritiladi.
Ma'lum bo‘lishicha, XXR 2017 yil avgust oyi holatiga ko‘ra, 1.2 trln dollar miqdorida qarz bergan. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Yaponiya hukumatining Amerika g‘aznasida 1,1 trln dollar miqdorida puli bor. Kuchli beshlikda, shuningdek Irlandiya (307 mlrd), Braziliya (273,6) va Kayman orollari (260 mlrd) bor.
Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Hong Kong va Tayvan eng ko‘p qarz bergan o‘nta mamlakatga kiradi.
Umuman Amerikaga yirik miqdorda qarz bergan davlatlar soni 34 tani tashkil etadi.
AQShning dunyo mamlakatlaridan jami qarzdorligi 2017 yil avgust holatiga ko‘ra, 6 trln 269 mlrd 700 mln dollardan iborat.