Qozog‘istondan olib chiqib ketilgan dollar hajmi 90 foizga tushib ketdi

Iqtisodiyot 11:18 / 17.10.2017 21176

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Qozog‘istonga olib kirilgan dollar hajmi QRdan olib chiqib ketilgan AQSh valyutasi miqdoridan ancha oshdi. O‘tgan yilda esa so‘nggi besh yil ichidagi rekord mablag‘ olib chiqib ketilgandi – 940 mln. dollar. Joriy yilning sakkiz oyi davomida olib chiqilgan mablag‘ 90,4 foizga kamayib, 90,1 mln. dollarni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Ranking.kz agentligi.

Qozog‘istonga 1,8 milliard dollar olib kirildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 2,6 barobar ko‘pdir.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, yevro ham olib kirilgan valyutalar o‘rtasida o‘sishni qayd etdi - yil boshidan avgustgacha Qozog‘istonga 182,3 mln. yevro olib kirildi, bu 2016 yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 65,1 foizga ko‘pdir.

Ammo yevro o‘tgan yilga qaraganda respublikadan tashqariga kamroq olib chiqib ketildi – atigi 15,5 mln. yevro. 2016 yilda esa so‘nggi besh yildagi eng maksimal miqdor qayd etilgandi – 97,3 mln. yevro. 

Ko‘proq yangiliklar: