Xitoyda iste'mol narxlari indeksi (CPI) sentabr oyida o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 1,6 foizga oshdi. Ammo bu boradagi raqam o‘tgan ko‘rsatkichlaridan past bo‘lib, ekspertlar taxminlariga mos kelgan. Bu haqda RIA Novosti Xitoy davlat statistika byurosiga asoslangan holda.
Sentyabr oyi ko‘rsatkichi avgust oyi CPI raqamidan 1,8 foizga past bo‘lgan. Ekspertlar o‘tgan oydagi pul qadrsizlanishi 2,0 foizdan oshmasligini taxmin qilishgan edi.
Ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi (PPI) sentabrda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,9 foizga o‘sgan va tahlilchilarning bu boradagi taxminlariga mos kelmagan.
O‘tgan oyda shaharlardagi inflyatsiya 1,7 foizga, qishloq hududlarida 1,4 foizga o‘zgargan. Hisobot davrida iste'mol mollari narxi 1,4 foiz qimmatlashgan bo‘lsa, noiste'mol mahsulotlar qiymati 2,4 foizga oshgani xabar qilinmoqda.
Umuman, mamlakatdagi pul qadrsizlanishi joriy yil 9 oyi mobaynida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizni tashkil etgan.