Dollarning rasmiy kursi o‘sishni boshladi

Iqtisodiyot 15:00 / 16.10.2017 75275

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 17 oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi. 

Unga ko‘ra, dollar kursi bir hafta ilgari, 10 oktabr kuni o‘rnatilgan kursga nisbatan 6.69 so‘mga o‘sdi va bir dollar 8058.77 so‘mni tashkil etdi.

Bir yevro kursi 65.07 so‘mga ko‘tarilib, 9515.80 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 Rossiya rubli esa 2.32 so‘mga qimmatlab, 140,84 so‘mga yetgan.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. 

Eslatib o‘tamiz, 5 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1 AQSh dollarini 8100 so‘mga teng baholagandi. Shundan keyingi haftalarda dollar kursi uzluksiz pasayib kelgandi va bir oy ichida jami 50 so‘mga yaqin qiymatda pastlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: