Vanuatu hukumati fuqarolikni bitkoinlarga sotib olishga ruxsat berdi

Iqtisodiyot 14:10 / 15.10.2017 7349

Vanuatu hukumati fuqarolik uchun bitkoin bilan hisoblashishga ruxsat bergan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Interfax shu haqida xabar berdi

Investitsion fuqarolik narxi 200 ming dollarni tashkil qilmoqda, bu joriy kursda - 35 bitkoindan kamroq. 

Vanuatu fuqaroligi 116 davlatga, shu jumladan Yevropaning aksariyat mamlakatlariga vizasiz kirish huquqini beradi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Vanuatu Arton Capital kompaniyasining Passport Index reytingida 34-o‘rinni egallaydi. 

Bundan tashqari, Vanuatuda daromad solig‘i va meros solig‘i yo‘q, shuningdek kompaniyalar daromadiga soliq stavkasi nolga teng. Vanuatu turistik xizmatining ogohlantirishicha, mamlakatda hatto choy haqi degan narsaning o‘zi yo‘q. 

Biroq tropiklardagi hayot tavakkalga to‘la. Oktyabr oyi boshida shimoliy Oba oroli aholisi Manaro-Vui vulqoni otilishi sabab evakuatsiya qilinishiga to‘g‘ri keldi. 

Vanuatu respublikasi - Melaneziyadagi davlat bo‘lib, u Tinch okeani janubidagi Yangi Gebridlar arxipelagidagi 83 orolda joylashgan. Aholi soni 2016 yilda 277,5 ming kishini tashkil qilgan. 

Britaniyaning New Economics Foundation tahlil markazi Vanuatuni dunyodagi eng baxtli mamlakatlarning to‘rtinchisi, deb hisoblaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: