Oono dunyodagi ilk mutlaqo hoshiyasiz smartfonni taqdim etdi

Fan-texnika 16:10 / 15.10.2017 20238

Xitoyning gadjyetlar ishlab chiqaruvchi Oono kompaniyasi dunyodagi ilk mutlaqo hoshiyasiz smartfonni taqdim etdi. Ta'kidlash joizki, shu kunga qadar hoshiyasiz deya namoyish etilgan barcha smartfonlar baribir hoshiyaga ega bo‘lgan. 

XXR kompaniyasi haqiqatda hoshiyasiz smartfonni ishlab chiqarishga qaror qildi va yangi qurilmasini namoyish qildi. Taqdim etilgan kadrlarga ko‘ra, telefonning hoshiyalari yo‘q, old panelning barini ekran egallagan. Kompaniya muhandislari dinamik va frontal kamera asosiy displey ortiga yashiringan bo‘lishini ma'lum qilishdi. Uni pastga siljitilsa, muloqot va s'yomka uchun kerak bo‘luvchi interfeyslar paydo bo‘ladi. 

Foto: Youtube/David Jackson

Hozirda ekspertlar Oono kompaniyasi o‘zining mutlaqo hoshiyasiz smartfonlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya oladimi yoki yo‘qligi borasida turli fikrlar bildirishmoqda, zero ularning fikricha, bu ancha murakkab ish. Shunday bo‘lsa-da, g‘oyaning original va qiziq ekani borasida ularning bari hamfikr. 

Ko‘proq yangiliklar: