iPhone X'ning zaryadsiz ishlash vaqti barcha smartfonlarni ortda qoldiradi

Iqtisodiyot 16:40 / 15.10.2017 16815

iPhone X smartfonining Apple rasmiy saytida taqdim etilgan texnik xususiyatlari qurilmaning uzoq vaqt davomida avtonom ishlay olishidan dalolat bermoqda. 

Ta'kidlash joizki, yangi iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlari bir martalik zaryaddan ishlash vaqti iPhone 7'ning avtonom faoliyati bilan bir xil edi - 10 soat va 35 daqiqa. Apple'ning yangi flagmani esa bu smartfonlardan bir necha soat ko‘proq ishlay oladi. 

Gap shundaki, iPhone 8 1821 mAs sig‘imli batareyaga ega, iPhone X esa 2 716 mAs'li akkumulyatorga ega. 

Ta'kidlash joizki, iPhone X katta va yorqin displeyga ega bo‘lib, u katta miqdorda energiya iste'mol qiladi. Shu bois qurilmaning ishlash vaqti batareya sig‘imi oshishiga proporsional o‘smaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: