Amerikalik havaskor muhandis o‘z garajida o‘zi o‘qlanuvchi portativ relsotron qurolini yaratdi. Ixtirochining aytishicha, SR-1 deb nomlangan qurol 6x19 mm kalibrli o‘qlar bilan otadi. Relsotron uchta patronga mo‘ljallangan o‘qdon bilan jihozlangan, uning akkumulyatorini quvvatlash uchun 15-30 soniya vaqt ketadi.
Qurol mis, po‘lat, titan, volfram sterjenlar hamda teflon snaryadlar yordamida plazma bilan o‘q uzadi. Muhandisning aytishicha, relsotron o‘qi elektr energiyasi hisobigagina tezlashmaydi: o‘qqa boshlang‘ich tezlanish pnevmatik tizim yordamida beriladi. Relsotron shurupovyortda qo‘llanadigan 20 voltli akkumulyatorlar hisobiga quvvatlanadi.
Hozirda bir qator davlatlar, jumladan, AQSh, Rossiya va Xitoy relsotron yaratish ustida ish olib bormoqda.