Tesla o‘zining X modelidagi 11 ming avtomobilni chaqirib olmoqda

Fan-texnika 00:08 / 14.10.2017 8805

Tesla kompaniyasi boshqa ishlab chiqaruvchilar singari konveyerdan chiqqan avtomobillarni dam-badam chaqirib oladi — seriyali avtomobillarda gohida tuzatilishi lozim bo‘lgan, e'tiborsiz qoldirilsa haydovchi va yo‘lovchilarning xavfsizligiga daxl qiluvchi nuqsonlar topiladi. Yaqinda Ilon Maskning Tesla kompaniyasi X modelidagi 11 ming avtomobilni qayta chaqirib olishga majbur bo‘ldi, deb yozadi Hi-news.ru.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ikki qator o‘rindiqlaridagi mavjud nuqson tufayli shu qarorga kelingan. Garchi ishlab chiqarilgan avtomobillarning bor-yo‘g‘i 3 foizi shunday nuqson bilan chiqarilgan bo‘lsa-da, ularning barchasi servis xizmati ko‘rsatilishi va nuqsonni tuzatish uchun chaqirilmoqda.

Nuqson to‘satdan aniqlangan. Tesla X avtomobilining odatdagidek oraliq sinash ishlari mobaynida ikki qator o‘rindiqlarining elektr simlari kabellari yaxshi qotirilmagani va to‘qnashuv chog‘ida orqa o‘rindiq chap tomonidan buklanishi va haydovchining o‘rindig‘iga borib urilishi ma'lum bo‘lgan. Bu muammo yuzasidan Tesla’ga shikoyat kelib tushmagan, lekin sotilgan mashina egalaridan sudga shikoyatlar tushishidan avval o‘zlari nuqsonni to‘g‘rilab qo‘yishga qaror qilishdi.

Tesla tomonidan e'lon qilingan bayonotda muammoni tuzatish uchun servis markazi yoki mutaxassisni uyga chaqirishning o‘zi yetarli — kabellarni sozlash bor yo‘g‘i ikki daqiqa vaqtni oladi va ishlab chiqaruvchi kompaniya hisobidan bajariladi. O‘rindiq sozlanmagunga qadar Tesla u yerga yo‘lovchilarni o‘tkazmaslikni maslahat beradi.

Ko‘proq yangiliklar: