Mercedes Xitoydan 350 mingdan ko‘proq avtomobilini qaytarib olmoqda

Fan-texnika 20:44 / 13.10.2017 8887

Mercedes-Benz konserni va uning qo‘shma korxonalari Xitoydan 351 ming 218 dona avtomobilni qaytarib olmoqda. Bu haqda Xitoyning sifat nazorati, tekshiruv va karantin bo‘yicha davlat boshqarmasi ma'lum qildi. 

Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra ushbu holat avtomobillarda o‘rnatilgan Takata kompaniyasining xavfsizlik yostiqchalaridagi muammo bilan bog‘langan.

Mashinalar qaytarib olinadigan sana va qaytarib olish tartibi haqida ma'lumot berilmagan.

Avvalroq Mercedes’ning Rossiyadagi rasmiy dileri "Mersedes-Bents Rus" Mercedes-Benz Sprinter Classic 909 markasidagi 14 ming 842 dona mashinani qaytarib olayotganidan Rosstandartni xabardor qilgandi.

2014 yil martidan 2016 yil dekabrigacha oraliqda sotilgan mashinalar qaytarib olinmoqda.

Rosstandartda ma'lum qilinishicha, "avtomobillarning qaytarib olinishiga asboblarning nosoz ishi sabab bo‘lgan. "Agar o‘t oldirish kaliti 1-holatda bo‘lsa, asboblar kombinatsiyasi eng yomon vaziyatda to‘liq o‘chib qolishi mumkin. Bunda tezlikni o‘lchash va kontrol lampalar indikatsiyasi kabi funksiyalar ishlamaydi. Avtomobil bunday holatda ishlatilganda avtomobildagi xavfsizlik bilan muammolar haqida haydovchini ogohlantirib bo‘lmaydi", deb aytilmoqda xabarda. 

Ko‘proq yangiliklar: