Kirsan Ilyumjinov Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti lavozimidan chetlatildi

Foto: Anton Denisov / RIA Novosti
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDe) ijroiya qo‘mitasi Kirsan Ilyumjinovni FIDe prezidenti lavozimidan chetlatdi.
FIDe ijroiya qo‘mitasining 37 nafar a'zosi Antalyadagi kongressda Ilyumjinovning yangi prezidentlik muddatiga ilgari surilishiga qarshi chiqdilar, 20 a'zosi uni qo‘llab-quvvatladilar.
Kongressda federatsiya rahbari vakolatlarining Ilyumjinov o‘rinbosari Georgios Makropulosga topshirilishiga qaror qilindi. FIDE ijroiya qo‘mitasi a'zolari bu qarorni bir ovozdan qabul qilishgan.
Ta'kidlash joizki, Ilyumjinov federatsiyani 1995 yildan boshqarib kelgan.
Mavzuga oid

11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi

00:38 / 11.02.2025
Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi

11:59 / 11.01.2025
2024 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan shaxmatchilar ma’lum qilindi

21:06 / 07.11.2023