2017 yilgi iqtisodiy erkinlik indeksining reytingida O‘zbekiston nisbatan erkin bo‘lmagan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu AQShning The Heritage Foundation tadqiqot markazi saytida nashr etilgan reyting ma'lumotnomasida keltirilgan.
Shuningdek, nisbatan erkin bo‘lmagan iqtisodiyotga ega davlatlar orasidan Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Hindiston va Belarus ham joy olgan.
Qirg‘iziston (61,1 ball) va Qozog‘iston (69 ball) esa nisbatan erkin iqtisodiyotga ega mamlakatlar ro‘yxatidan joy oldi. Reytingning bu qismida Yaponiya, Ozarboyjon, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Fransiya ham bor.
Erkin iqtisodiyotga ega mamlakatlar esa quyidagilar:
- Hongkong (89,8 ball),
- Singapur (88,6 ball),
- Yangi Zelandiya (83,7 ball),
- Shveytsariya (81,5 ball),
- Avstraliya (81 ball).
Index of Economic Freedom (Iqtisodiy erkinlik indeksi) - bu dunyo davlatlaridagi iqtisodiy erkinlik darajasini baholovchi umumiy reytingdir. Ro‘yxat The Heritage Foundation tadqiqot markazi va The Wall Street Journal gazetasi bilan birgalikda tuziladi.