O‘zbekiston chempionatida o‘yinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish yo‘lga qo‘yildi

Sport 10:10 / 12.10.2017 15752

Namangan viloyatining «Navbahor» jamoasining O‘zbekiston chempionatidagi uchrashuvlari televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «Kun.uz»ga Namangan viloyat teleradiokompaniyasining bosh muharriri Bahodir Mo‘minov ma'lum qildi.

Endilikda «Navbahor» futbol klubining uy uchrashuvlari viloyat hokimligi hamda teleradiokompaniya tashabbusi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jonli tarzda efirga berib boriladi.

1 oktabr kuni «Navbahor»ning «Paxtakor»ga qarshi uy uchrashuvi sinov tariqasida televideniyeda jonli ravishda uzatilgandi. Bu uchrashuv mezbonlarning 2-0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Oliy Ligada ikkinchi davra o‘yinlari davom etmoqda. «Navbahor» 23 turdan keyin 9 g‘alaba, 9 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etgan holda turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Namanganliklar jamoasi keyingi turni 13 oktabr kuni Toshkentda, turnir jadvali peshqadami «Lokomotiv»ga qarshi o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: