OAV xatolik tufayli Google va Apple birlashishi haqida xabar tarqatdi

Fan-texnika 14:40 / 11.10.2017 3791

10 oktabr kuni, Dow Jones kompaniyasining xabarlar lentasida, Google va Apple korporatsiyalarining birlashishi to‘g‘risida bir necha xabar paydo bo‘ldi.

Ulardan birida, Google kompaniyasi Apple'ni 9 milliard dollarga xarid qilishi va bu haqda Stiv Jobs vasiyat qilgani haqida aytilgandi.

«Albatta Google kompaniyasi Apple'ning ajoyib qarorgohiga ko‘chib o‘tadi», degan misralar bor edi bu xabarlardan birida.

9to5mac nashrining xabariga ko‘ra, bu xabarlar nashr etilishi natijasida Apple aksiyalarining narxi 155 dollardan 158 dollarga ko‘tarilgan, ammo keyinchalik yana pasaygan.

Oxir oqibatda, bu xabarlarning barchasi o‘chirib yuborildi. Dow Jones esa ular texnik xato tufayli e'lon qilinganini bildirib, uzr so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Apple va Alphabet (Google'ning bosh kompaniyasi) dunyodagi eng qimmat kompaniyalar hisoblanadi. Apple'ning narxi 800 milliard dollardan oshadi, Alphabet'niki esa 677 milliard dollarga teng.

Ko‘proq yangiliklar: