«O‘ztelekom» boshlab berdi: shahar telefonidan foydalanish va telegramma jo‘natish narxlari oshirilmoqda

Fan-texnika 22:50 / 09.10.2017 20566

«O‘ztelekom» milliy operatorining o‘z saytida e'lon qilishicha, 2017 yilning 20 oktabridan e'tiboran telekoomunikatsiyalar universal xizmatlariga yangi narxlar (PDF) joriy etilmoqda.

Xususan, shahar qo‘ng‘iroqlari narxi qimmatlashmoqda, xorijga qo‘ng‘iroq qilish narxi deyarli ikki barobarga oshgan. O‘zbekiston bo‘ylab shaharlaroaro qo‘ng‘iroqlar narxi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va kommunikatsiyalar vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.Shermatov tomonidan 4 oktabr kuni tasdiqlangan yangi preyskurantga ko‘ra, aholi uchun shahar telefonidan foydalanish uchun har oylik abonent to‘lovi vaqtbay foydalanilganda 2350 so‘mdan 3000 so‘mgacha (qishloq joylarda 2035 so‘mdan 1350 so‘mgacha), abonentlik to‘lov tizimi uchun 3090 so‘mdan 4000 so‘mgacha (qishloq joylarda 1520 so‘mdan 2000 so‘mgacha) oshirilgan. Korxonalar uchun tariflar ham o‘rtacha 30 foizgacha oshirilgan.

Xorijiy davlatlarga qo‘ng‘iroq qilish bahosi ikki barobarga oshgan. Markaziy Osiyo davlatlariga qo‘ng‘iroq qilishning bir daqiqasi 500 dan 1000 so‘mga, Rossiya, Ukraina va Belarusga 550 so‘mdan 1100 so‘mga, Yevropa davlatlariga qo‘ng‘iroqning bir daqiqasi esa 1140 so‘mdan 2280 so‘mga ko‘tarilgan.

Telegraf aloqasi xizmatlari narxi ham 100 foizga oshirilgan. O‘zbekiston bo‘yicha oddiy telegrammaning bir so‘zi 44 so‘m o‘rniga 88 so‘mga tushadi, shoshilinch telegrammada esa endi 220 so‘m o‘rniga 440 so‘m to‘lanadi. Boltiqbo‘yi davlatlaridan tashqari sobiq ittifoq davlatlariga oddiy telegramma jo‘natishda bitta so‘z 290 so‘mdan 580 so‘mga, shoshilinchida esa 580 so‘mdan 1160 so‘mga ko‘tarilgan.

So‘nggi marta telekommunikatsion xizmatlarga belgilangan tariflar bahosi 2016 yilning 1 iyulida oshirilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: