Avtomobillarning onlayn-sotuvlar bozorida nima gaplar?

Fan-texnika 18:30 / 08.10.2017 21234

Massachusets shtatidagi CarGurus jamoasi avtomobillar sotuvi bilan shug‘ullanuvchi saytni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu sayt tez orada ro‘yxatdan o‘tgan dilerlar soniga ko‘ra, Amerika bozoriga aylanadi va IPO'ga "Yandeks" Auto.Ru'ga sarflagandan 8-9 barobar qimmatroq narxda chiqadi. Forbes shu haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

CarGurus 8,9 foizli free-float bilan pre-IPO kimoshdi savdosiga 1,37-1,58 milliard dollar (bir aksiya uchun 13-15 dollar) atrofidagi narxda chiqadi. Avtomobillar haqidagi sayt ustida ishlash uchun qanday qilib taxminan 140 million dollar jalb qilish mumkin? CarGurus tajribasining ko‘rsatishicha, buning uchun mashinalarni yaxshi tushunish yoki internetni matn, video yoki infografika bilan "portlatish"ga qodir kreatorni topishning o‘zi yetarli emas. 

Eng tushunarli g‘oya - jarayonga banklarni jalb qilish - amalga oshdi. CarsDirect servisi avtomobilga buyurtma bergan foydalanuvchiga qo‘ng‘iroq qiladi, shundan so‘ng diler, moliyalashtirish va trade-in imkoniyatlarini izlaydi. Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga xarajat qiladi, kredit xizmatlardan esa oladi. Asosan onlayn-zayomlar tomon rivojlanadi, albatta, bu servis nufuziga biroz ta'sir ko‘rsatadi - aytishlaricha, servis mijozlarga boshqa yordam bermayapti, zayomlar va lizing xizmatlarini sotmoqda. CarsDirect investorlar orasida shunisi bilan mashhurki, u boshida, ya'ni 20 yil avval, 297 million dollar venchur mablag‘larni jalb qilgan va o‘shandan beri o‘sish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmadi. Ta'kidlash joizki, oyiga 2,5 million foydalanuvchi CarsDirect orqali mashinaga kredit rasmiylashtirish ustida o‘ylamoqda. 

Cars.com avtomobillar birjasi biryo‘la besh saytni birlashtiradi - Cars.com, Auto.com, DealerRater.com, NewCars.com va PickupTrucks.com. Shu tariqa reklama sotuviga auditoriyani maqsadli  yo‘naltirish va aftidan, trafikni jalb qilish oson. Bir oyda saytga 14,5 million noyob foydalanuvchi jalb qilinadi. O‘tgan yili Cars.Com birjasi Tegna tarkibidan chiqdi va buning uchun 650 million dollar bilan hisoblashdi va endi reklama sotuvidan tushgan pullarni o‘z rivojiga yo‘naltirmoqda. Cars.Com 3,1 yillik daromad va 1,32 sof aktiv bilan savdo qilmoqda. Bu avtomobillar sotuviga mo‘ljallangan kreativ soha uchun ko‘pmi yoki kam - yuzabiliti, kontent, shuningdek bu loyihalarning asosiy vazifasi - daromadli bitimlar haqida iste'molchiga xabar berish qanday amalga oshirilishi nuqtai nazaridan baholash lozim. Cars.Com foydalanuvchilari ko‘p bo‘lsa-da,  NYSE'da hammasi yaxshi, bu eng barqaror qog‘ozlardan biri, kapitalizatsiya — 2 milliard dollar. Avtomobillar birjasining asosiy aktivi - foydalanuvchilarda "Cars.Com avtoni tez muddatda, 2-3 kunda sotish uchun ayni muddao" ekanligi borasida shakllangan fikr. 

Shunday bo‘lsa-da, hatto ko‘p sonli noyob foydalanuvchi to‘plansa ham, investor saytga katta pul kiritishni istashi aniq emas. Nima uchun 15 milliondan ortiq o‘quvchisi bo‘lgan AutoTrader, KBB.Com va Yahoo! Autos kabi saytlar hanuz keng ommagan notanish? Ularning NYSE va NASDAQ'da yo‘qligi sabablaridan biri fond birjalarida savdo qiluvchi aksionerlarning aksariyatini axborot vositalari bilan bog‘liq loyihalarga mablag‘ kiritishga jalb qilish qiyinligidadir, bu hatto mashinalar katalogi bo‘lsa ham. 

Xorijiy startaplar sotuvchi va xaridorni jamolovchi axborot qidiruv xizmatlaridan aynan avtomobillar birjasini yaratishga harakat qilishadi. Boshqa bir izoh, ehtimol, IPO'ga rivojlanayotgan kompaniyalar chiqashidadir, bular esa fursatni qo‘ldan boy berishgan. Biroq zamonaviy avtomobillar birjalarining asosiy farqi qidiruv texnologiyasining noyobligida emas, likvidligidadir, bu xarid va sotuvning yengilligi, shaffofligidadir.

Likvidlik va shaffoflik - faqatgina ba'zi zamonaviy Amerika avtomobil birjalarida ko‘rish mumkin bo‘lgan, lekin qator muvaffaqiyatli muqobillarda, masalan, boshqa mamlakatlardagi birjalarda bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan ajoyib uyg‘unlik. Masalan, Xitoyda ham Cars.Com'ning muqobillari bor, jumladan Autohome. U qadar shaffofligi bilan ajralib turmaydigan Autohome bir aksiya uchun 25 dollardan 60 dollargacha o‘sdi (kapitalizatsiya 6,95 milliard dollar), shu jumladan, to‘lovchi unikumlar sonining 27 foizga o‘sishi evaziga.

Avtomobillar birjasining likvidligi (xarid va sotuvning yengilligi) har doim ham foydalanuvchilar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. 

2014 yilda joylashtirilgan, lock-up vaqtida (IPO'dan keyingi davr, unda kompaniya aksiyalar ishtirokidagi operatsiyalarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmaydi) narxi ikki barobarga o‘sgan TrueCar avtomobillar saytining statistikasiga ko‘ra, bu yerda mutlaq balandlik asosiysi emas. TrueCar har oy 2,7 million unikumlarni jalb qiladi, biroq ularning soni kamayishi ham narxning pasayishiga olib kelmadi. Sohada raqobat kuchayib borgani sari foydalanuvchilar soni yiliga 19 foizga kamaydi, lekin sayt moliyalashtirishni qo‘llashda davom etdi, masalan, so‘nggi SPO davomida 148,5 million dollar jalb qilingan. Bu holatda yuqori likvidlik sababi TrueCar jamoasi rivojlantirishning uddasidan chiqqan raqbotbardosh ustunlikliklarning mavjudligidadir. Ustunlik jihatlarining asosiysi - uzoq muddatli obunaga dilerlarni jalb qilish imkoni. Salbiy EBITDA'ga qaramay, kapitalizatsiya salmoqli 1,6 milliard dollarni tashkil qiladi. Aftidan, kapitalizatsiyaning bunday yuqori bahosi 13 mingdan ziyod sinalgan dilerlarning salmoqli tarmoqqa kirishi bilan izohlansa kerak. 

CarGurus muvaffaqiyatining asosiy sababi ikki ko‘rsatkichning muntazam oshishiga asoslanadi: faol sotuvchilar va salohiyatli xaridorlar soni. 

Saytda ro‘yxatdan o‘tgan barcha dilerlarni hisoblaydigan bo‘lsak, ularning soni - 40 ming atrofida. Ta'kidlash joizki, Amerikaning o‘zida bu biznesda atigi 43 ming tashkilot va alohida ishbilarmon band. Nima uchun bunga e'tibor qaratilmoqda? Chunki sotuvchilarning aksariyati, albatta, Amerikada joylashgan, biroq kompaniya xalqaro ekspansiya o‘tkazmoqda: 2014 yilda - Kanada bozori, 2015 yilda - Buyuk Britaniya, 2017 yilda Germaniyadan daromad ola boshladi. 

2017 yilning 12 oktabrida CarGurus birinchi marta NASDAQ birjasiga chiqmoqda. Biz bu joylashuvni pre-IPO  kimoshdi savdosida qimmatbaho qog‘ozlarni xarid qilish hisobiga portfelni diversifikatsiya qilish imkoniyati deb bilamiz. Savdo g‘oyasining mohiyati - joylashuvdan bir kun oldin bozorning yirik ishtirokchilari uchun tashkil etiluvchi kimoshdi savdosida qimmatbaho qog‘ozlarni xarid qilishda. Bundan maqsad - taxminan 3-4 oydan keyin daromad olish.

Ko‘proq yangiliklar: